6-modda. Prokuror talablari bajarilishining majburiyligi
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (257-II-son) · Sana: 29.08.2001 · Amalda
Prokurorning hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, taftish, tekshirishlar oʻtkazish, mutaxassis ajratish, prokuraturaga kelish va aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish, qonunbuzarliklarni, ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek qonunga rioya etish toʻgʻrisidagi oʻz vakolatlari doirasida qoʻyayotgan talablarini bajarish barcha fuqarolar va yuridik shaxslar uchun majburiydir.
Prokuratura organlari oʻz vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari mazkur organlarning talabiga muvofiq bepul beriladi.
Prokurorning talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
