45-modda. Prokurorlar faoliyatini baholash
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (257-II-son) · Sana: 29.08.2001 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining, tumanlar, shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning faoliyati tegishli yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan ularning vakolatlari muddati ichida kamida ikki marta kompleks oʻrganib chiqiladi. Prokurorlar faoliyatini baholashning asosiy mezonlari qonuniylikning holati va fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklari, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning taʼminlanishi hisoblanadi.
Oʻz faoliyati davrida tegishli hududda qonunlar ijrosi ustidan lozim darajada nazorat oʻrnatilishini taʼminlab bera olmagan shaxslar prokuror lavozimiga takroran koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
