22-modda. Prokurorning vakolatlari
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (257-II-son) · Sana: 29.08.2001 · Amalda
Prokuror qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida oʻz vakolatlari doirasida:
vazirliklar, idoralarning, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, harbiy qismlarning hududi va xonalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar va materiallarni koʻrishga, tekshirishlar oʻtkazishga, tekshirish uchun qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni, qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi va uni taʼminlashga doir chora-tadbirlar haqidagi maʼlumotlarni talab qilishga;
davlat organlari, harbiy qismlar, vazirliklar va idoralarning harbiy tuzilmalari rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan ular tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirish, taftish oʻtkazishni, idoraviy va noidoraviy tekshirishlar oʻtkazish uchun mutaxassislar ajratishni talab qilishga;
mansabdor shaxslar va fuqarolardan qonun buzilishi xususida ogʻzaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir.
Qonun buzilishi aniqlangan taqdirda prokuror ushbu Qonunda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrishga majbur.
