10-modda. Prokuratura organlarining tizimi
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (257-II-son) · Sana: 29.08.2001 · Amalda
Prokuratura organlarining tizimi quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi;
viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari;
tumanlar va shaharlar prokuraturalari;
viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi;
tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, shuningdek ularning joylardagi boʻlinmalari faoliyat koʻrsatadi.
