Mikromoliyalash toʻgʻrisida (O‘RQ-50-son) · Sana: 15.09.2006 · Amalda
Mikrolizing mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan lizing oluvchining topshirigʻiga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir.
Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq 600 million soʻmdan oshmaydigan summada beriladi.
Ushbu Qonunda qarz oluvchilarga nisbatan belgilangan qoidalar mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning xizmatlaridan foydalanuvchi lizing oluvchilarga nisbatan qoʻllaniladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1055195
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 6-modda. Mikrolizing Mikromoliyalash toʻgʻrisida (O‘RQ-50-son). neolex.uz/uz/laws/law-1055319/6 (lex.uz/docs/-1055195)