“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida (O‘RQ-49-son)
14.09.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 15-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda) 7-moddasining oltinchi qismi “etish hollari” degan soʻzlardan keyin “shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-sentabr,
OʻRQ-49-son
