Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida (O‘RQ-47-son)
12.09.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 20-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2006-yil 26-avgustda maʼqullangan
1-modda. Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-sentabr,
OʻRQ-47-son
