Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizomga qoʻshimcha kiritish haqida (905-2-son)
06.09.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 6-sentabrda 905-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-iyuldagi “Yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida” PF–3780-sonli Farmoniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 24-iyuldagi PF–3780-son Farmonini amalga oshirish haqida” 147-sonli qarori 3-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizomga (2000-yil 2-mart, roʻyxat raqami 905) ilovaga* muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab har bir tijorat banki bir oy muddat ichida oʻz kredit siyosatiga tegishli qoʻshimchalarni kiritsin va uni ijro etilishini taʼminlasin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-avgust,
21/2-son
