“Kolxozlar, sovxozlar, sanoat, transport, qurilish va boshqa korxonalar, xoʻjalik tashkilotlari tomonidan mahalliy avtomobil yoʻllarini qurishga va taʼmirlashga mablagʻ ajratish tartibi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 7-avgustdagi 250-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida (281-son)
05.11.1991
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 7-avgustdagi 250-son qaroriga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1-bandning ikkinchi xatboshida “xoʻjalik tashkilotlari” soʻzlaridan keyin “shu jumladan, kooperativlar va kichik korxonalar” soʻzlari kiritilsin;
7-banddagi “xoʻjalik tashkilotlari tomonidan” soʻzlaridan keyin, “kooperativlar va kichik korxonalar tomonidan” soʻzlari kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidenti Sh. MIRSAIDOV
Toshkent sh.,
1991-yil 5-noyabr,
281-son
