Oʻzbekiston Respublikasida mikrokreditlashni rivojlantirish loyihalarini va dasturlarini amalga oshirayotgan notijorat tashkilotlarga soliq solish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida (1620-son)
31.08.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-avgustda 1620-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi va “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida mikrokreditlashni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 309-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 15-16-son, 126-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasida mikrokreditlashni rivojlantirish loyihalarini va dasturlarini amalga oshirayotgan notijorat tashkilotlarga soliq solish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-avgust,
78-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-avgust,
2006-39-son
