Bojxona yuk deklaratsiyalarini tuzatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (890-1-son)
25.08.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 25-avgustda 890-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasiga muvofiq hamda bojxona yuk deklaratsiyalarini tuzatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibini soddalashtirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000-yil 7-fevralda 890-raqam bilan roʻyxatga olingan “Bojxona yuk deklaratsiyalarini tuzatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi”ga ilovaga* muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Davlat bojxona qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari Sh. Xayrullayev zimmasiga yuklatilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 15-avgust,
01-02/19-18-son
