“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisida (180-son)
22.08.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 19-iyundagi PF-3763-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 19-iyundagi PF-3763-son Farmonini bajarish yuzasidan:
“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishonlari va ularga guvohnomalar namunalari tasdiqlanganligi va tayyorlanganligi;
belgilangan miqdorda — yigirma besh ming esdalik nishoni bilan mukofotlash uchun hududlar, vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari boʻyicha nomzodlar tanlanganligi;
esdalik nishonlariga shaxsiy guvohnomalar rasmiylashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Davlatimiz mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-taʼlim, madaniy, maʼnaviy salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, uning sarhadlari xavfsizligi va daxlsizligini taʼminlash, mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiyalash, Vatanning munosib yosh avlodini tarbiyalash ishiga munosib hissa qoʻshgan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari va tashkilotlarining ishchi va xizmatchilari, qishloq va suv xoʻjaligi mehnatkashlari, tadbirkorlar, ijtimoiy soha xodimlari, fan, madaniyat va sanʼat arboblari, ijodiy uyushmalar, jamoat, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlarining vakillari, harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va davlat xizmatchilari taqdim etilgan roʻyxatlarga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni bilan mukofotlansin.
3. “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishonlarini topshirish jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari nishonlar “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” nishoni toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda topshirilishini taʼminlasinlar.
5. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi esdalik nishonlari topshirilishi marosimi ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlasinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 19-iyundagi PF-3763-son Farmonining bajarilishini taʼminlash boʻyicha tuzilgan Ishchi guruhga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-avgust,
180-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-avgustdagi 180-son qaroriga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishonlarini topshirish jadvali
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 347-modda)
