“Milliy serial” kompleks ijodiy-ishlab chiqarish dasturi toʻgʻrisida (115-son)
12.06.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-son qarorini bajarish yuzasidan hamda aholining taʼlim va madaniy darajasini oshirish, milliy anʼanalarni tarixiy va maʼnaviy merosni saqlab qolish, fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlarni va oʻsib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom ruxida tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Milliy serial” kompleks ijodiy-ishlab chiqarish dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining:
“Milliy serial” kompleks ijodiy-ishlab chiqarish dasturini Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish;
televizion seriallar ishlab chiqarish hajmini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga 2010-yilgacha (har yili 10 soatga) bosqichma-bosqich koʻpaytirish;
zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq yagona videoyozuv, yorugʻlik texnikasi, montaj qilish tizimi va maxsus binolar bilan jihozlangan televizion seriallar ishlab chiqarish boʻyicha ixtisoslashtirilgan suratga olish pavilonini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
3. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga televizion seriallar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun suratga olish paviloniga bepul bino ajratish masalasini hal qilsin.
4. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi suratga olish paviloni uchun ajratilayotgan binoning oʻz mablagʻlari hisobiga rekonstruksiya qilinishi va jihozlanishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-iyun,
115-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-iyundagi 115-son qaroriga ilova
“Milliy serial” kompleks ijodiy-ishlab chiqarish
dasturi
