Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2010-yilgacha davrda Jeroy-Sardara koni negizida tarkibida fosfor boʻlgan oʻgʻitlar ishlab chiqarish va eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2006-yil 18-iyuldagi PQ-420-son qarori) (175-son)
18.08.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2010-yilgacha davrda Jeroy — Sardara koni negizida tarkibida fosfor boʻlgan oʻgʻitlar ishlab chiqarish va eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida” 2006-yil 18-iyuldagi PQ-420-son qarorining 11-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Qizilqum fosforit konlarini kompleks oʻzlashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 16-maydagi 219-son qarorining 1—4-bandlari, 6, 9 va 14-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 46-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Qizilqum fosforit kompleksini rivojlantirishni va Samarqand kimyo zavodini rekonstruksiya qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 13-martdagi 135-son qarorining 1, 4—6-bandlari, 8 va 9-bandlari hamda qarorga 2—4-ilovalar;
Vazirlar Mahkamasining “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernini tugatish va Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2004-yil 19-maydagi 237-son qaroriga 4-ilovaning 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-avgust,
175-son
