Elektron birja savdo tizimiga oid umumiy talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1618-son)
24.08.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-avgustda 1618-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va Birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 66-sonli “Birja faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Elektron birja savdo tizimiga oid umumiy talablari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 13-iyul,
01/20-f-q-son
