Tergov, surishtirish va sud davomida jinoiy ishlar va materiallar boʻyicha ashyoviy dalillar va moddiy boyliklarni olib qoʻyish, hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida (1616-son)
23.08.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 23-avgustda 1616-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-iyuldagi “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish” haqidagi 139-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Tergov, surishtirish va sud davomida jinoiy ishlar va materiallar boʻyicha ashyoviy dalillar va moddiy boyliklarni olib qoʻyish, hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma* tasdiqlansin.
* Yoʻriqnoma rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi tomonidan 1995-yil 23-martda 14/1-3-son bilan tasdiqlangan “Jinoyat ishlari boʻyicha olingan ashyoviy dalillar, oʻq otar qurollar, moddiy boyliklar va boshqa mulklarni olib qoʻyish, hisobga olish, saqlash, berish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Bosh prokuror R. QODIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
63-son
Oliy sudi raisi v.b. N. TAShMATOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
KTB-176-06-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYaTOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
3/2161-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
9-son
Adliya vaziri B. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
19-son
Mudofaa vaziri R. MIRZAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
12-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
01-02/22-19-son
