Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb qilinadigan va kafolatlanadigan qarz mablagʻlari hisobiga xalqaro moliya institutlari va chet el hukumatlari moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga soliq solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1366-1-son)
18.08.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 18-avgustda 1366-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 16-apreldagi 64, 2004-15 va 02/19-22-sonli qarori bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb qilinadigan va kafolatlanadigan qarz mablagʻlari hisobiga xalqaro moliya institutlari va chet el hukumatlari moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga soliq solish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-iyul,
66-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-iyul,
2006-30-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NASIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-iyul,
01-02/8-9-son
