“Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” OAJ va uning hududiy korxonalari tomonidan rangli metallar parchalari va chiqindilarini xarid qilish narxini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1615-son)
18.08.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLNKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASN MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 18-avgustda 1615-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-iyuldagi PQ-419-sonli “Rangli metal parchalari, chiqindilarini yigʻish, tayyorlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. “Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” OAJ va uning hududiy korxonalari tomonidan rangli metall parchalari va chiqindilarini xarid qilish narxini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiritiladi.
Moliya vaziri R.AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 11-avgust,
73-son
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi Raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2006-yil 11-avgust,
3-son
