Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2001-yil 27-apreldagi 38-sonli “Aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqi oʻz vaqtida toʻliq toʻlanishini taʼminlagani uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1032-2-son)
14.08.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-avgustda 1032-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-maydagi 100-sonli “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining namunaviy ustavini hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan koʻp kvartirali uydagi turar joyga moʻljallanmagan bino mulkdorlari oʻrtasidagi namunaviy shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 22-son, 196-modda) asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2001-yil 27-apreldagi 38-sonli “Aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlagani uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (2001-yil 17-may, roʻyxat raqami 1032 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 9-10-son) ilovaga* asosan oʻzgartirish kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 2-avgust,
71-son
