Vazirlar Mahkamasining “Yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2000-yil 25-avgustdagi 334-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 14-martdagi 44-son qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (86-son)
16.05.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2000-yil 25-avgustdagi 334-son qarorining 3-bandidagi “har ikki yilda bir marta” soʻzlari “har yili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev
Toshkent sh.,
2006-yil 16-may,
86-son
