Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (1540-1-son)
03.08.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-avgustda 1540-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Taʼlim muassasalarida toʻplangan tajribalarni inobatga olgan holda qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2005-yil 30-dekabrdagi 106, 43 va 01-356-sonli qarori bilan tasdiqlangan Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (2006-yil 18-yanvar, roʻyxat raqami 1540 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 3-son, 19-modda) 58-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“taʼlim muassasalari pedagog kadrlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligi, viloyatlar xalq taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlim Bosh boshqarmasida”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-iyul,
117-son
Xalq taʼlimi vaziri T. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-iyul,
20-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-iyul,
01-231-son
