2006—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (48-son)
16.03.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining 2003—2005-yillarda atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi yuzasidan 2003-yil 13-yanvardagi 16-son qaroriga muvofiq atrof tabiiy muhit monitoringining yagona tizimini yaratishga, uni kompleks baholashni oʻtkazishga, monitoringning yagona metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlashga, atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, yerlarning ifloslanishi, respublika mintaqalari boʻyicha xavfli geologik jarayonlarning rivojlanishi ustidan muntazam kuzatuvlar oʻtkazishni taʼminlashga koʻmaklashgan tadbirlar kompleksi amalga oshirildi. Bular salbiy jarayonlarning oldini olish va bartaraf etish, atrof tabiiy muhit sohasida davlat nazoratini, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va chora-tadbirlar koʻrish imkonini berdi.
Shu bilan bir qatorda mavjud monitoring tizimida bir qator kamchiliklar mavjud, bular oʻlchanadigan koʻrsatkichlar sonining haddan tashqari koʻpligi, monitoring olib borish jarayonidagi ijro etuvchi organlar oʻzaro hamkorligining yetarli emasligi hamda ishlarning sust muvofiqlashtirilganligi, axborotlar bilan zarur darajada almashilmaslik kabilardir.
Atrof muhitning ifloslanishi darajasini baholash va prognozlash maqsadida hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2002-yil 3-apreldagi 111-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2006—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini olib boruvchi vazirliklar va idoralar koʻrsatib oʻtilgan Dasturni roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishni kalendar yil uchun ajratiladigan umumiy budjet mablagʻlari doirasida amalga oshirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-mart,
48-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 48-son qaroriga ILOVA
2006—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi
DASTURI
Izoh: * Respublikada I toifa suv oqimlari mavjud emas.
2006—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof muhit monitoringi dasturiga ILOVA
2006—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof muhit monitoringi dasturini bajarish boʻyicha moliyaviy xarajatlar toʻgʻrisida
