“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasi doirasida Germaniya Hukumati imtiyozli kreditining tejalgan mablagʻlaridan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (46-son)
15.03.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini Germaniya Hukumatining imtiyozli kreditidan foydalangan holda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 1-dekabrdagi 563-son qaroriga muvofiq hamda imtiyozli kreditning tejalgan mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish uchun Germaniya taraqqiyot banki (KfW) tomonidan berilgan 7669,4 ming yevro miqdoridagi imtiyozli kreditni hamda 1023 ming yevro miqdoridagi grantni oʻzlashtirish doirasida:
a) Oʻzbekiston Respublikasining 14 ta kasb-hunar kollejini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va asbob-uskunalari bilan jihozlash uchun, oʻtkazilgan tender savdolari natijalari boʻyicha jami 4425,4 ming yevro (kredit mablagʻlari) miqdorida kontraktlar tuzilganligi, shu jumladan:
axborot-texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berish uchun — 1397,4 ming yevro miqdorida Fujitsu-Siemens kompaniyasi bilan 2005-yil 11-iyuldagi SSER/01E/2005-son kontrakt tuzilganligi;
oʻquv anjomlari va mebellar yetkazib berish uchun — 2599,5 ming yevro miqdorida Lucas №uelle kompaniyasi bilan 2005-yil 23-avgustdagi SSER/02YEM/2005-son kontrakt tuzilganligi;
oʻquv materiallari sotib olish va nashr etish uchun — 158,4 ming yevro miqdorida Fan va texnologiyalar markazi bosmaxonasi bilan 2005-yil 15-iyuldagi 02/U-son kontrakt tuzilganligi;
b) Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi topshirigʻiga binoan 2003-yil 1-oktabrda KfW banki tomonidan tender asosida “GOPA” (Germaniya) konsalting kompaniyasi bilan kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish doirasida konsalting xizmatlari koʻrsatish yuzasidan shartnoma hamda unga jami 456,9 ming yevro (289,3 ming yevro — kredit mablagʻlari va 167,6 ming yevro — grant mablagʻlari) miqdorida ikkita qoʻshimcha bitim tuzilganligi;
v) KfW imtiyozli kreditining tejalgan mablagʻlari 3244,0 ming yevroni tashkil etganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining KfW imtiyozli kreditining 3244,0 ming yevro miqdoridagi tejalgan mablagʻlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan kasb-hunar kollejlari qoʻshimcha sonini zamonaviy oʻquv-laboratoriya anjomlari bilan jihozlashga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifiga 1 va 2-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga:
loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishini, mablagʻlardan, shuningdek yetkazib beriladigan asbob-uskunalardan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash;
loyihada nazarda tutilgan tadbirlarni 2006-yil oxirigacha tugallash yuzasidan javobgarlik yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga, ilgari belgilangan tender shartlariga rioya qilgan holda, tender savdolari oʻtkazmasdan:
axborot-texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berish uchun — Fujitsu-Siemens kompaniyasi bilan tuzilgan 2005-yil 11-iyuldagi SSER/01E/2005-son kontraktga;
kasb-hunar kollejlarini jihozlash maqsadida oʻquv anjomlari va mebellar yetkazib berish uchun — Lucas Nuelle kompaniyasi bilan tuzilgan 2005-yil 23-avgustdagi SSER/02YEM/2005-son kontraktga qoʻshimcha bitimlar tuzishga ruxsat etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
ushbu qarorning 4-bandida koʻrsatilgan qoʻshimcha bitimlarni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin;
konsalting xizmatlarining amaldagi ijrosini nazarda tutib, istisno tartibida, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish doirasida konsalting xizmatlari koʻrsatish uchun 2003-yil 1-oktabrdagi shartnoma yuzasidan, shuningdek ushbu shartnomaga 2005-yil 11-fevraldagi 1-son va 2005-yil 18-apreldagi 2-son qoʻshimcha bitimlar yuzasidan xulosa bersin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 15-mart,
46-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-martdagi 46-son qaroriga 1-ILOVA
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasi boʻyicha Germaniyaning KfW banki imtiyozli krediti tejalgan mablagʻlarini taqsimlash
Izoh:
*) 10 ta kasb-hunar kollejini jihozlash uchun asbob-uskunalar sotib olishga yoʻnaltiriladi (sotib olinadigan asbob-uskunalarning aniq miqdori va summasi Fujitsu-Siemens va Lucas Nuelle yetkazib beruvchilari bilan muzokaralar oʻtkazish natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi).
**) 10 ta kasb-hunar kolleji uchun oʻquv materiallarini nashr etish va koʻpaytirishga yoʻnaltiriladi.
***) shu jumladan koʻzda tutilmagan xarajatlardan 25,3 ming yevro.
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-martdagi 46-son qaroriga 2-ILOVA
KfW banki imtiyozli kreditining tejalgan mablagʻlari hisobiga jihozlanadigan kasb-hunar kollejlari
ROʻYXATI
