Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan toifaga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1311-1-son)
26.07.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 26-iyulda 1311-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 21-iyuldagi, PF-3631-sonli “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136 sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori va 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-sonli “2006—2008-yillar uchun mahalliy xom-ashyo asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2004-yil 6-fevraldagi EG-01/12-368, 19, 29, 01-02/8-11 va 2004-18-son bilan tasdiqlangan (2004-yil 16-fevral, roʻyxat raqami 1311) Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan toifaga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 7-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtganidan soʻng kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-iyul,
EG-01 / 10-4090-son
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-iyul,
4-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-iyul,
68-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-iyul,
01-02/8-14-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-iyul,
2006-33-son
