Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standartini tasdiqlash toʻgʻrisida “Moliyaviy hisobot va turdosh hujjatlar maqsadida baholash” (1607-son)
24.07.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASI
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-iyulda 1607-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ–335-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 210-sonli “Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti “Moliyaviy hisobot va turdosh hujjatlar maqsadida baholash” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulki qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-iyun,
01/19-22-son
