33-modda. Nizolarni qarab chiqish tartibi
Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (1052-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Amalda
Chet ellik investorlar bilan Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari oʻrtasidagi nizolar, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida koʻrilishi kerak.
Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bilan Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, jamoat birlashmalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslari oʻrtasidagi, investorlar bilan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar oʻrtasidagi ular faoliyati bilan bogʻliq masalalarga doir nizolar Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlarida, shuningdek tomonlarning kelishuviga muvofiq hakamlar va xolislar tekshiruvi tartibida chet elda qarab chiqilishi kerak.
