3-modda. Chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari
Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (1052-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Amalda
Chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan birgalikda barpo etilgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarida, banklar, sugʻurta tashkilotlari va boshqa korxonalarda ulush qoʻshib qatnashish;
butunlay investorlarga qarashli boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari, banklar, sugʻurta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo qilish;
mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar sotib olish;
mustaqil ravishda yoki yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokida mulkiy huquqlarni, shu jumladan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, shuningdek turar joy binolari bilan birga ular joylashgan yer uchastkalariga mulkdorlik erga (xususan ijara asosida) va tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini egallash yoʻli bilan investitsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
