26-modda. Ijtimoiy sugʻurta va taʼminot
Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (1052-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Amalda
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning xodimlarini ijtimoiy sugʻurta qilish va ularning ijtimoiy taʼminoti (ajnabiy xodimlarning pensiya taʼminoti bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona ajnabiy xodimlarning pensiya taʼminoti uchun ana shu xodimlar doimiy istiqomat qiladigan mamlakatlarning tegishli fondlariga valyutada mablagʻlar oʻtkazadi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona Oʻzbekiston Respublikasi xodimlarining va ajnabiy xodimlarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha ajratmalarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi xodimlarining pensiya taʼminotiga ajratmalarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq toʻlaydi.
