Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (1052-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Amalda
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona oʻziga qarashli mol-mulkdan oʻzining barcha turdagi majburiyatlarini, shu jumladan qarz mablagʻlarini jalb etishini taʼminlovchi vosita sifatida foydalanishi mumkin. Uning savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, shuningdek turar joy binolari bilan birga ular joylashgan yer uchastkalariga mulkdorlik huquqi, binolarga, inshootlarga, asbob-uskunalarga nisbatan mulkiy huquqlari, shuningdek boshqa mulkiy huquqlari uning oʻz majburiyatlarini taʼminlovchi vosita sifatida amal qilishi mumkin, yerga va boshqa tabiat resurslariga egalik qilish hamda ulardan foydalanish huquqi bundan mustasno.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-138015
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 22-modda. Majburiyatlarning taʼminlanishi Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (1052-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-103473/22 (lex.uz/docs/-138015)