Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (179-I-son)
22.12.1995
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda):
1. 28-moddasi quyidagi mazmundagi “l” va “m” bandlar bilan toʻldirilsin:
“l) yoshidan qatʼi nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan artistlarga — eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
m) teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa sanʼati ijodiy xodimlari tayyorlovchi oʻquv muassasalarining professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan roʻyxatga koʻra— eng kam oylik ish haqining — 50 foizi”.
2. 52 va 53-moddalari quyidagi mazmunda tahrir etilsin:
“52-modda. Ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalarni toʻlash
Ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalarni ular istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy taʼminot organlari toʻlaydi.
53-modda. Ishlab turgan pensionerlarga pensiyalarni toʻlash
Ishlab turgan pensionerlarga pensiyalar ularning ish joyida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi”.
3. 58-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Pensioner (boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olayotgan pensionerdan tashqari) ishga kirgan taqdirda oʻzi istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy taʼminot boʻlimini bundan xabardor qilishi shart”.
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda) 389-moddasi ikkinchi qismidan “164-moddasining toʻrtinchi qismi, 165-moddasining uchinchi qismi, 166-moddasining toʻrtinchi qismi” degan soʻzlar hamda “168-moddasining toʻrtinchi qismi, 169-moddasining toʻrtinchi qismi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin. Shu qismdagi “178, 182-moddalari” degan soʻzlar “178-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
