Budjetdan mablagʻ taqsimlovchi (oluvchi)larning shaxsiy hisobvaragʻini ochish haqida vaqtinchalik qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (1600-son)
24.07.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-iyulda 1600-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat budjeti gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi “Bozor islohotlari chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–3618-sonli Farmonining 1-ilova IV boʻlim 6-bandi va 2005-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” PQ–244-sonli qarorining 18-bandiga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 52-son, 386-modda), hamda Samarqand viloyati moliya organlarida budjetdan mablagʻ taqsimlovchi (oluvchi)larning shaxsiy hisobvaragʻini ochish haqida vaqtinchalik tartibi ijrosini amalga oshirish maqsadida buyuraman:
1. Budjetdan mablagʻ taqsimlovchi (oluvchi)larning shaxsiy hisobvaragʻini ochish haqida vaqtinchalik qoidalari ilovaga* asosan tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingandan soʻng oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-iyun,
59-son
