Davlat boshqaruv organlari apparati, sud organlari va notarial idoralar xodimlarining lavozim maoshlari toʻgʻrisida (298-son)
23.11.1991
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalq isteʼmoli mollarining, oziq-ovqat mahsulotlarining, aholiga xizmat koʻrsatishning erkin va boshqariladigan narxlariga oʻtilishi munosabati bilan davlat boshqaruv organlari, sud organlarining faoliyati samaradorligini oshirish va ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 28-oktabrdagi 355-son qaroriga qisman oʻzgartish kiritib, 1992-yil 1-yanvardan boshlab davlat boshqaruv organlari apparati, sud organlari va notarial idoralar xodimlarining lavozim maoshlari 1,5 baravar oshirilsin, bu maoshlarga chakana narxlar oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlar kompensatsiyasi qoʻshilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari ayrim toifalarining lavozim maoshlari 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, lavozim maoshlarining koʻpaytirilishi bilan bogʻliq xarajatlarning 20 foizi boshqaruv organlari apparati xodimlari sonini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur tartibga rioya etilishini nazorat qilib borsin.
2. Respublika mahalla qoʻmitalari raislari va masʼul kotiblarining lavozim maoshlari 50 foiz oshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi mehnatga haq toʻlashning yangi shartlarini joriy etayotganda respublika, tarmoq va mahalliy boshqaruv organlarining amaldagi strukturasini tahlil qilib chiqsinlar va bunda ularning harakatchanligini, iqtisodiyotni rivojlantirish talablari va fuqarolarning ehtiyojlari bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni hal etishni taʼminlashga amalda qodirligini oshirish nazarda tutilsin.
4. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, xalq deputatlar Kengashlarining ijroiya qoʻmitalari lavozim maoshlarini koʻpaytirish uchun davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlarini kamaytirishdan hosil qilingan tejamdan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va xalq deputatlari Kengashlarining budjet huquqlari haqidagi amaldagi qonunlar tomonidan berilgan huquqlarga muvofiq ularga birkitilgan davlat daromadlari boʻyicha budjetga tushgan qoʻshimcha tushum mablagʻlaridan foydalanishlari mumkin.
5. Belgilansinki, viloyatlar va shaharlar xodimlarini ish haqi toʻlash gruppasiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 23-noyabr,
298-son
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 23-noyabrdagi 298-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va boshqa davlat boshqaruv organlari xodimlari ayrim toifalarining
LAVOZIM MAOShLARI
Izoh: Respublika iqtisodiyot organlari rahbarlarining lavozim maoshlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida belgilanadi.
Iqtisodiyot vazirliklari va idoralari rahbarlari birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlarining lavozim maoshlari tegishli ravishda oyiga 1125 soʻm va 1050 soʻm miqdorida belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 23-noyabrdagi 298-son qaroriga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi xodimlari ayrim toifalarining
LAVOZIM MAOShLARI
Izoh: Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi xodimlarining lavozim maoshlari mehnatga haq toʻlash boʻyicha viloyatlarning ikkinchi gruppasi boʻyicha belgilanadi.
