Yagona bojxona toʻlovini undirish va uning summasini davlat budjetiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1148-2-son)
19.07.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYa VA SAVDO VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 19-iyulda 1148-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-sonli “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 179-modda), 2004-yil 12-avgustdagi 387-sonli “Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlar olib keluvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 32-son, 366-modda), 2004-yil 2-sentabrdagi 413-sonli “Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda), 2005-yil 19-sentabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–183-sonli “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 40-son, 304-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligining 2002-yil 31-maydagi 63, 02/8-14, 2261-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yagona bojxona toʻlovini undirish va uning summasini Davlat budjetiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi”ga (2002-yil 10-iyun, roʻyxat raqami 1148 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 11-12 va 15-16-sonlar) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-iyun,
50-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NASIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-iyun,
01-02/8-8-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri v.b. N. NAJIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-iyun,
NN-01/10-3424-son
