Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish yuzasidan ichki nazoratni amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (1597-son)
19.07.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYuTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTI BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 19-iyulda 1597-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-331-sonli qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ilovadagi* “Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish yuzasidan ichki nazoratni amalga oshirish qoidalari” tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun muddat oʻtgach kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qoidalarga rioya qilinishining nazorati Departament boshligʻining oʻrinbosari — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻining zimmasiga yuklatilsin.
Departament boshligʻi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2006-yil 19-iyun,
517-son
