Aholiga koʻrsatilgan pullik xizmatlarni hisobga olish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (305-1-son)
10.07.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 10-iyulda 305-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Aholiga koʻrsatilgan pullik xizmatlarni hisobga olish boʻyicha Yoʻriqnomaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi PQ-303-sonli qaroridan kelib chiqadigan oʻzgartirishlarni kiritish hamda Adliya vazirligining 2006-yil 3-maydagi 20-03-08/22-sonli taqdimnomasini bajarish maqsadida Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining 1996-yil 7-oktabrdagi 14-sonli qarori bilan tasdiqlangan aholiga koʻrsatilgan pullik xizmatlarni hisobga olish boʻyicha Yoʻriqnomaga (1997-yil 5-fevral, roʻyxat raqami 305) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-may,
2-son
