Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari, sinov (oʻlchash) laboratoriyalarini (markazlarini), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlarini akkreditatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (1596-son)
17.07.2006
OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 17-iyulda 1596-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-sonli “Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomiga asosan buyuraman:
1. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari, sinov (oʻlchash) laboratoriyalarini (markazlarini), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlarini akkreditatsiya qilish Qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq kuchga kirgan kundan boshlab, Oʻzbekiston davlat standarti O”zDSt16.1 “OʻzR AT. Sertifikatlashtirish idoralari va tekshirish idoralarini akkreditlashni oʻtkazish tartibi” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori R. BOʻRIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-may,
157-son
