Ayrim xizmatlarni koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uchun daromad (foyda) soligʻi va yagona soliq tushumi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida (1594-son)
17.07.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 17-iyulda 1594-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-325-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil 16-son, 133-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ilova* qilinayotgan Ayrim xizmatlarni koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uchun daromad (foyda) soligʻi va yagona soliq tushumi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh. ,
2006-yil 20-iyun,
54-son;
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-iyun,
2006-28-son
