Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan hisob yuritish va hisobot tuzish tartibi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (20-sonli BHMS)ga oʻzgartirishlar kiritish haqida (879-2-son)
11.07.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 11-iyulda 879-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–244-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 23-noyabrda 87-son bilan tasdiqlangan “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan hisob yuritish va hisobotlar tuzish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS)ning (2000-yil 24-yanvar, roʻyxat raqami 879) 1.1. bandidagi “va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash tartibining 6-bandiga” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-iyun,
51-son
