Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi boʻyicha yoʻriqnomaga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (1560-1-son)
07.07.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 7-iyulda 1560-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi PF-3620-sonli “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 25-26-son, 177-modda) ijro etish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2006-yil 9-martdagi 28-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi boʻyicha Yoʻriqnoma”ga (2006-yil 10-aprel, roʻyxat raqami 1560 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 15-son, 129-modda) ilovaga* muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 19-iyun,
56-son
