Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006-yilning 1-iyulidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-iyundagi PF-3761-son Farmoni) (144-son)
20.07.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006-yilning 1-iyulidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-iyundagi PF-3761-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) 2-ilovaning III boʻlimida:
a) boʻlimning nomidagi “va tarif koeffitsiyentlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 8—10, 12, 13-bandlardagi jadvallardan “Tarif koeffitsiyenti” ustuni chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 2-iyuldagi 309-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2005-yil 25-oktabrdagi 237-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-iyul,
144-son
