Kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarini budjetga foydadan olinadigan soliq hamda mehnatga haq toʻlash fondidan 11 foizli ajratmalar toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisida (249-son)
29.09.1991
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Narxlar islohoti munosabati bilan qoʻshimcha xarajatlarni qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Kolxozlar (baliqchilik kolxozlari ham), sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari 1991-yilda budjetga foydadan olinadigan soliq va 1991-yilning 1-oktabridan boshlab mehnatga haq toʻlash fondidan 11 foizli ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 29-sentabr,
249-son
