Paxta xom ashyosi va paxta tolasining xarid hamda ulgurji narxlarini oshirish toʻgʻrisida (246-son)
26.09.1991
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Paxtachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish, shuningdek, kolxozlar, sovxozlar, ijarachi jamoalar va fermer xoʻjaliklarining oshirilgan ulgurji narxlarda moddiy-texnika resurslarini sotib olishga sarflagan xarajatlarini qisman qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narxlar qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 1991-yil hosilidan olingan paxta xomashyosi xarid narxlarini va paxta tolasining ulgurji narxlarini 1 va 2-ilovalarga muvofiq tiplari va sortlariga qarab oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narxlar qoʻmitasi bir hafta muddat ichida mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq yangi xarid va ulgurji narxlar narxnomalarini nashr etsin va uni manfaatdor tashkilotlarga yetkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narxlar qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Paxtasanoat” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda lint, oʻlik paxta va paxta tozalash sanoatining boshqa qoʻshimcha mahsulotlari ulgurji narxlari darajasini qaytadan koʻrib chiqsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 26-sentabr,
246-son
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 26-sentabrdagi 246-son qaroriga 1-ILOVA
Paxta xomashyosi uchun DAVLAT XARID NARXLARI
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 26-sentabrdagi 246-son qaroriga 2-ILOVA
Paxta tolasi uchun ULGURJI NARXLAR
Eslatma. Davlat buyurtmasidan tashqari yetkazib beradigan paxta tolasi hajmlari shartlashilgan narxlar boʻyicha sotiladi.
