Asal va asalarichilik mahsulotlarining xarid narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida (241-son)
24.09.1991
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1991-yilning 1-oktabridan boshlab asalari asali va boshqa asalarichilik mahsulotlari uchun shartnomaviy narxlar belgilansin.
2. SSSR Vazirlar Kengashining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga yangi davlat xarid narxlari joriy etish toʻgʻrisida” 1990-yil 9-avgustdagi 792-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining 1990-yil 23-oktabrdagi 342-son qarorining 7-ilovasi va Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga yangi davlat xarid narxlarini joriy etish toʻgʻrisida” 1991-yil 4-martdagi 52-qarorining 4-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 24-sentabr,
241-son
