Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomini berish toʻgʻrisida (236-son)
17.09.1991
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbek adabiyotining asoschisi, atoqli olim, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tugʻilgan kunning 550 yilligi munosabati bilan, respublika jamoatchiligining xohish-istaklarini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 17-sentabr,
236-son
