Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida (233-son)
16.09.1991
Oʻzbekiston Respublikasi PRezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Belgilab qoʻyilsinki:
avtotransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlaganlik uchun notarial idoralar tomonidan undiriladigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
82 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlariga, 8 foizi — budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirishga, 10 foizi — mablagʻlarni adliya organlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlash yoʻli bilan davlat notarial idoralarini va notarial arxivlarni mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan avtomototransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun undiriladigan summaning 92 foizi tumanlar va shaharlar budjetlariga, qolgan 8 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligiga 62 tadan iborat qoʻshimcha davlat notariuslari va ularni saqlash uchun tegishli budjet mablagʻlari ajratsin.
6. Avtomototransport vositalarining qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun poshlina summasining va toʻlovlarning toʻliq kelib tushishini nazorat qilish respublika soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidenti Sh.Mirsaidov
Toshkent sh.,
1991-yil 16-sentabr
233-son
