Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (PF-3771-son)
07.07.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–244-son qaroriga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-iyul,
PF-3771-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-iyuldagi PF–3771-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” 2002-yil 30-maydagi PF–3080-son Farmoni 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF–3594-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshidagi “ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish soligʻi, ekologiya soligʻi” soʻzlari “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
