6-modda. Mualliflik huquqi obyektlari boʻlgan asarlar
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (O‘RQ-42-son) · Sana: 20.07.2006 · Amalda
Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlaridir:
adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, oʻquv, publitsistik va boshqa asarlar);
drama va ssenariy asarlari;
matnli yoki matnsiz musiqa asarlari;
musiqali drama asarlari;
xoreografiya asarlari va pantomimalar;
audiovizual asarlar;
rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy sanʼatning boshqa asarlari;
manzarali-amaliy va sahna bezagi sanʼati asarlari;
arxitektura, shaharsozlik va bogʻ-park barpo etish sanʼati asarlari;
fotografiya asarlari va fotografiyaga oʻxshash usullarda yaratilgan asarlar;
joʻgʻrofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, joʻgʻrofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;
barcha turdagi EHM uchun dasturlar, shu jumladan har qanday dasturlash tilida va har qanday shaklda, chunonchi boshlangʻich matn hamda obyekt kodida ifodalanishi mumkin boʻlgan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari;
ushbu Qonunning 5-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan boshqa asarlar.
