Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (O‘RQ-42-son) · Sana: 20.07.2006 · Amalda
Hamma bemalol bora oladigan joyda doimiy joylashgan arxitektura, fotografiya, tasviriy sanʼat asarlarini muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq toʻlamagan holda takrorlash, efirga uzatish yoki kabel orqali yuborishga yoʻl qoʻyiladi. Bu qoida asarning tasviri shunday takrorlash, efirga uzatish yoki kabel orqali yuborishning asosiy obyekti boʻlgan hollarga, shuningdek asarning tasviridan tijorat maqsadlarida foydalaniladigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1022944
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 28-modda. Hamma bemalol bora oladigan joylarda doimiy joylashgan asarlardan erkin foydalanish Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (O‘RQ-42-son). neolex.uz/uz/laws/law-1023494/28 (lex.uz/docs/-1022944)