11-modda. Mualliflik huquqining muhofaza belgilari
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (O‘RQ-42-son) · Sana: 20.07.2006 · Amalda
Mutlaq mualliflik huquqlari egasi oʻz huquqlaridan xabardor qilish uchun mualliflik huquqining muhofaza belgisidan foydalanishi mumkin boʻlib, bu belgi asarning har bir nusxasida aks ettiriladi va quyidagi uch unsurdan iborat boʻladi:
aylana ichidagi lotincha “C” harfi;
mutlaq mualliflik huquqlari egasining ismi-sharifi (nomi);
asar birinchi marta chop etilgan yil.
Mualliflik huquqining muhofaza belgisida koʻrsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlangan boʻlmasa, mutlaq mualliflik huquqlari egasi hisoblanadi.
