Korxonalarga (tashkilotlarga) faoliyatning alohida turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida (610-son)
27.12.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Korxonalar (tashkilotlar)ning maxsus (ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida” 1992-yil 14-yanvardagi 516-XII-son qaroriga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida 1993-yil 2-sentabrdagi 923-XII-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalarga (tashkilotlarga) faoliyatning alohida turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandida keltirilgan jadvalga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
— jadval quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tarmoq boʻlimlari va tegishli davlat boshqaruv organlari rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 27-dekabr,
610-son
